Ergashev-Matias jangi promouterlik savdosi o‘tkazildi

Sport

image

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) buyrug‘iga ko‘ra chempionlik kamari uchun o‘tkazilishi kerak bo‘lgan puerto-rikolik Sabriel Matias va o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev jangi uchun proumouterlik savdosi bo‘lib o‘tdi. Auksionda TGB Promotions g‘olib bo‘ldi.

IBF ikki bokschining ham promouteriga 7 kun muhlat bergandi. Bu muddat ichida tomonlar jangning moliyaviy taqsimotini kelishib olishi kerak edi, biroq yakunda promouterlar murosaga kela olmagan. Endi Ergashev-Matias jangini TGB Promotions tashkil qiladi.

To‘qnashuvni tashkil qiluvchi promoushen tomonlarga umumiy 510 ming AQSH dollari ajratadi. Jang qanday natija bilan yakunlanishidan qat’iy nazar chempion Sabriel Matias Ergashevga qarshi bahsdan 357 ming AQSH dollar, O‘zbekiston vakili esa 153 ming AQSH dollari daromad oladi.

Tez orada jang sanasi va manzili ham aniq bo‘lishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev Sabriel' Matias

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing