Ergashev - Matias jangi promouterlik savdosi qoldirildi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev va Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) kamari sohibi puerto-rikolik Sabriyel Matias o‘rtasidagi jang uchun e’lon qilingan promouterlik savdosi boshqa kunga qoldirildi. Bu haqda “BoxingScene.com” xabar berdi.

IBF buyrug‘iga ko‘ra, 15 avgust kuni promouterlik savdosi o‘tkazilib, Ergashev - Matias jangi tashkilotchisi aniqlanishi kerak edi, biroq auksion bir haftaga qoldirildi. 

Bir hafta mobaynida Ergashev va Matiasning promouterlari jang bo‘yicha yana muzokara olib boradi, agar shu muddat ichida ham tomonlar kelishuvga erisha olmasa, proumouterlik savdosi o‘tkaziladi.

Qayd etish joiz, Ergashev hozirda AQSHda bo‘lajak jangiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U oxirgi jangini o‘tgan yili avgust oyida meksikalik Anxel Martinesga qarshi o‘tkazib, g‘alabaga erishgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev Sabriel' Matias

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing