Ergashev Xeyni yoki Progresga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin

Sport

image

O‘zbekistonlik professional charm qo‘lqop ustasi Shohjahon Ergashev amerikalik mashhur bokschilar WBC, WBA Super, IBF, WBo va “The Ring” talqiniga ko‘ra, yengil vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Devin Xeyni yoki o‘rta vazn toifasida jahon chempioni Rejis Progres bilan jang qilishi mumkin. Bu haqda Ergashevning proumouteri Dmitriy Salita o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 25 noyabr kuni Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) kamari uchun kechadigan Shohjahon Ergashev va puerto-rikolik Sabriyel Matias o‘rtasidagi jang g‘olibi 9 dekabr kuni AQSHning San-Fransisko shahrida bo‘lib o‘tadigan Devin Xeyni va Rejis Progres to‘qnashuvi g‘olibi bilan jang qiladi.

Hozirda Shohjahon Ergashev Amerikada bo‘lajak jangiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Ergashev-Matias jangi bo‘yicha promouterlik savdosi o‘tkazilgandi. Mazkur bahsni TGB Promotions tashkil qiladi. Jang qanday natija bilan yakunlanishidan qat’iy nazar chempion Sabriel Matias Ergashevga qarshi bahsdan 357 ming AQSH dollar, O‘zbekiston vakili esa 153 ming AQSH dollari daromad oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev Devin Xeyni Dmitriy Salita Rejis Progres

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing