Ergashev IBF kamari uchun jang qiladimi? Salita javob berdi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev IBF kamari uchun jang qilish yoki qilmasligiga oydinlik kiritildi. Bokschining promouteri Dmitriy Salita o‘z Instagram sahifasida Ergashev bo‘yicha savolga javob berdi.

Salita o‘z sahifasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Uning kuzatuvchilaridan bir “Shohjahon IBF kamari uchun jang qiladimi”, deb savol bergan. Bu savolga Salita qisqa qilib “Ha”, deb javob qaytargan. 

Aslida yaqin vaqt ichida Ergashev IBF kamari sohibi puyerto-rikolik Sabriyel Matias bilan jangda qatnashishi kerak edi. Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda o‘zbekistonlik bokschining sog‘ligida ayrim muammolar bor, shu sababli Ergashev ishtirokidagi jang qachon o‘tkazilishi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Matias o‘z Instagram sahifasida sobiq jahon chempioniga qarshi birinchi himoya jangini o‘tkazishini va tez orada jang bo‘yicha batafsil ma’lumot berishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev IBF

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing