Ergashev AQSHda mashg‘ulotlarni boshladi (video)

Sport

image

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBF) kamari uchun majburiy da’vogar hisoblangan o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev navbatdagi jangi uchun mashg‘ulotlarni AQSHda davom ettirmoqda. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Super yengil vazn toifasida IBF kamari sohibi puyerto-rikolik Sabriyel Matias hisoblanadi. IBF buyrug‘iga ko‘ra, Matias shu yilning 25 avgustiga qadar yoki undan oldin himoya jangini o‘tkazishi kerak. Majburiy da’vogar esa aynan Shohjahon Ergashevdir.

Hozirda Ergashev Mayami shahrida jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

“Qo‘shma shtatlarda mashg‘ulotlarni boshlab oldim. Chempionlik jangi yaqin. Nasib bo‘lsa, kamarni O‘zbekistonga olib boraman. Yangi tarixga juda yaqinmiz”, deydi Ergashev. 

Ma’lumot uchun, Shohjahon Ergashev faoliyati davomida 23 ta jangda ishtirok etib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. U janglarining 20 tasida nokaut, 3 tasida hakamlar qarori bilan g‘alabaga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev Xalqaro boks assotsiatsiyasi Sabriel' Matias

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing