Erdo‘g‘anning vakili To‘qayevni Turkiyaga taklif qildi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga salom yo‘llab, uni Turkiyaga taklif qildi. Erdo‘g‘anning salomi va taklifini Turk davlatlari tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim yetkazdi. 

Bugun, 10 dekabr kuni Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida Qozog‘iston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan xalqaro konfrensiya bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan Binali Yildirim Prezident To‘qayev qabulida bo‘ldi. 

Binali Yildirim davlat rahbariga uchrashish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirib, Qosim-Jomart To‘qayev va barcha qozog‘istonliklarni mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan tabriklagan. Ikki tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlash maqsadida Binali Yildirim Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an nomidan davlat rahbarini kelasi yili Anqaraga rasmiy tashrif bilan taklif qilgan. 

Suhbat chog‘ida Qozog‘iston-Turkiya strategik sherikligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Qosim-Jomart To‘qayev yuqori darajadagi siyosiy muloqot faollashgani, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar jadal rivojlanayotganini ta’kidlagan. 

Qozog‘iston Prezidenti Tashkilotning noyabr oyida Istanbulda bo‘lib o‘tgan tarixiy sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning muhimligini ta’kidlab, Binali Yildirimni ushbu tashkilot Oqsoqollar kengashi raisi etib tayinlangani bilan qutlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev Binali Yildirim

Baholaganlar

38

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing