Erdo‘g‘anning o‘g‘li Toshkentga nega keldi?

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentda zamonaviy kamondan otish sport bazasi barpo etildi. Uning ochilish marosimida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning o‘g‘li – Butunjahon etnosport Konfederatsiyasi prezidenti Bilol Erdo‘g‘an ishtirok etdi. 

O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasiga qarashli yangi sport bazasi Respublika ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab internatida (RIOZMI) ochildi.

Marosimida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimov, Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Surayyo Er ham ishtirok etgan. 

Ochilish marosimida mehmonlar barpo etilgan yangi baza imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, tinchlik, erkinlik va do‘stlik ramzi bo‘lgan kabutarlarni musaffo osmon uzra parvozga qo‘yib yuborishdi.

Baza ikki qavatli bino hamda mashg‘ulot maydonidan iborat. Maydonda merganlar jahon standartlari asosida 70 metr va boshqa masofalarga mashg‘ulot olib borish imkoniyatiga ega. Binoning birinchi qavati O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi ofisi sifatida faoliyat ko‘rsatsa, ikkinchi qavati barcha sharoitlarni mujassamlashtirgan yotoqxonadan iborat

Erdo‘g‘anning o‘g‘li ochilish marosimidan so‘ng, poytaxtda barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning imkoniyatlari, faoliyati bilan yaqindan tanishishgan. 

Ikki oydan so‘ng “Ochiq osmon ostidagi muzey” nomi bilan jahonga tanilgan Xiva shahrining Ichan qal’a majmuasida Xalqaro maqomdagi Milliy etnosport festivali o‘tkaziladi. Bugun mehmonlar ushbu tadbirga olib borilayotgan tayyorgarlikni ko‘zdan kechirib, uning doirasida tashkil etiladigan matbuot-anjumanida ham ishtirok etishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bilol Erdo'g'an kamondan otish sport bazasi

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing