Erdo‘g‘anning raqibi qachon e’lon qilinishi aytildi
Olam
−
03 mart 2023 6125 1 daqiqa
Joriy yilning 6 mart kuni Turkiyaning oltita muxolif partiyadan iborat ittifoqi (Xalq ittifoqi) mamlakatda 14 mayda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovi uchun nomzodini e’lon qilishi mumkin. Bu haqda “Milliyet” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, tomonlar nomzod bo‘yicha umumiy kelishuvga erishgan, biroq ular yana bir uchrashuv o‘tkazishlari kerak, shundan so‘ng nomzod e’lon qilinadi.
Ayni paytda Turkiya matbuoti eng ko‘p nomzod o‘tgan saylovlarda Erdo‘g‘anni mag‘lub eta olmagan asosiy muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi yetakchisi 74 yoshli Kamol Qilichdoro‘g‘li bo‘lishi mumkinligini yozmoqda.
Shuningdek, nomzodlar orasida Istanbul hokimi Ekrem Imomo‘g‘li hamda Anqara hokimi Mansur Yavash ham bor. Prezidentlikka nomzod bo‘lishi kutilayotgan Ekrem Imomo‘g‘lining fikricha, Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an kutilayotgan saylovda g‘alaba qozona olmaydi.
Ma’lumot uchun, Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari 14 mayga belgilangan, biroq mamlakat janubi-sharqidagi vayronkor zilzilalar tufayli bu sana Oliy saylov komissiyasi tomonidan hali tasdiqlanmagan.
Live
Barchasi