Erdo‘g‘anning rafiqasi dunyo bolalarining kelajagidan xavotirda

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish uchun birgalikda harakat qilishga chaqirdi. U bu haqda Serra-Leone Prezidentining rafiqasi Fotima Maada Bio tashabbusi bilan Nyu-Yorkda tashkil etilgan “Zo‘ravonlikni davolash va oldini olish kuni” deb nomlangan tadbirdagi nutqida aytib o‘tdi. 

“Dunyodagi barcha bolalarga o‘z farzandlarimizdek munosabatda bo‘lib, bu dahshatli harakatlarga chek qo‘yish uchun kuchlarni birlashtirishimiz kerak”, deydi Emina Erdo‘g‘an. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hatto bola va zo‘ravonlik so‘zlarini birgalikda ishlatish vijdonning tuzatib bo‘lmaydigan jarohatlarini keltirib chiqaradi. 

Uning ta’kidlashicha, bolalarning ekspluatatsiyasi ularning butun keyingi hayotiga salbiy ta’sir qiladi. 

“Bu insoniyatga qarshi jinoyat bo‘lib, afsuski, xavfli o‘sma kabi barcha jamoalarda va butun dunyoda kundan-kunga urchib bormoqda va bundan tashqari, uyushgan tus olmoqda”, deydi u. 

Emina Erdo‘g‘an Turkiyada bolalarni sog‘lom ruhda tarbiyalashga qaratilgan qadamlar haqida ham gapirdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2010 yilda mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritilib, bolalar va jamiyatdagi barcha zaif qatlamlarni himoya qiladigan qonunlar qabul qilingan. 

“Davlat va jamiyat qanchalik nozik va hatto hushyor bo‘lmasin, bolani eng yaxshi himoya qilish mumkin bo‘lgan joy mehr-muhabbatli va xavfsiz oila muhitidir”, deydi Turkiya birinchi xonimi. 

Shu bilan birga, u zamonaviy sharoitda bolalarni virtual maydonda nazoratsiz qoldirish boshqa har qanday muhitdagi kabi xavfli ekanligidan ogohlantirdi. Shu munosabat bilan u oilalarni har xil turdagi “halokatli ta’sirlardan” himoya qilish uchun ogohlikni oshirish muhimligini ta’kidladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Emina Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made