Erdo‘g‘anning Putin bilan muzokaralari Rossiyada bo‘lishi mumkin – OAV 

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasidagi uchrashuv Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda NTV telekanali manbalariga tayanib xabar berdi.

“Prezident Erdo‘g‘anning Rossiyaga bo‘lajak tashrifi don kelishuvini qayta tiklash bo‘yicha kelishuvga erishish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega”, deya manbaning so‘zlaridan iqtibos keltirgan telekanal.

TASS'ga Turkiya yetakchisi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hozircha yetakchilar o‘rtasidagi muzokaralar rejalari borasida aniqlik yo‘q.  (https://tass.ru/mezhdunarodnaya-panorama/18550007)Mamlakat Prezidenti ma’muriyati aniq ma’lumotlar bo‘lishi bilanoq, ommaviy axborot vositalariga xabar berishga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya tomoni 18 iyuldan boshlab don yo‘lagi kelishuvi to‘xtatilishini ma’lum qilgandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Moskvaning bu qarorini qoraladi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga don yo‘lagi kelishuvini yoki unga o‘xshash loyihani uch tomonlama shaklda davom ettirish taklifi bilan rasmiy maktub yubordi.

Avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an imkon tug‘ilsa, sentyabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Qora dengiz don tashabbusini qayta tiklash masalasini shaxsan muhokama qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an don kelishuvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made