Erdo‘g‘anning nomzodi Nobel mukofotiga ko‘rsatildi

Olam

image

Turkiyaning hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi vakillari o‘z yetakchisi va davlat rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an nomzodini Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi inqirozni hal qilishdagi sa’y-harakatlari uchun Tinchlik uchun Nobel mukofotiga ko‘rsatish tarafdori. Bu haqda “Hürriyet” nashri yozmoqda. 

Qayd etilishicha, bu masala “Adolat va taraqqiyot” partiyasi ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida ko‘tarilgan. 

“Prezidentimiz Tinchlik uchun Nobel mukofotiga muhtoj emas, lekin bir vaqtlar bu mukofot [AQSHning sobiq Prezidenti Barak Obama]ga berilgan bo‘lsa, Erdo‘g‘anning ham Ukrainada tinchlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari uchun Nobel mukofoti unga berilishi kerak”, deydi Turkiyaning hukmron partiyasi ijroiya qo‘mitasi a’zosi Sunay Karamak.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Erdo‘g‘anga Nobel mukofoti berish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.  

“Aslida hech narsa qilmagan Obamaga faqat Falastin muammosini hal etishdagi sa’y-harakatlari uchun Tinchlik uchun Nobel mukofoti berildi. Ammo, Prezidentimiz ko‘proq ish qildi, shuning uchun u Nobelga loyiq”, deydi Turkiya tashqi idorasi rahbari. 

2014 yildan buyon Prezident kursisida qolayotgan Rajab Toyib Erdo‘g‘an hozir 68 yoshda. Haqiqatan ham u Rossiya-Ukraina mojarolari boshlangan ilk kunlardan buyon hal qiluvchi vositachi vazifasini bajarib kelmoqda. Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlangan 24 fevraldan keyin Rossiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari Sergev Lavrov hamda Dmitriy Kuleba 11-13 mart kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tgan Antaliya diplomatik forumida doirasida, Mavlud Chavusho‘g‘li guvohligida uchrashuv o‘tkazdi

29 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Dolmabaxche saroyida Rossiya-Ukraina delegatsiyalarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etdi. Shunisi ahamiyatliki, ushbu uchrashuv 7 mart kuni Brestda o‘tkazilgan muzokaralardan keyingi ilk yuzma-yuz muloqotdir. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing