Erdo‘g‘anning kuyovi Alisher Sa’dullayevni “Teknofest”ga taklif qildi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidentining kuyovi – “Bayraktar” uchuvchisiz havo vositalarining muallifi Selchuk Bayroqdor O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayevga maktub yo‘llab, uni Turkiyaning Samsun shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Teknofest Aero & Tech 2022” festivaliga taklif qildi. Sa’dullayev o‘zining Telegram-kanalida ushbu maktubni e’lon qildi.

“Siz, Janobi Oliylari, hurmatli mehmonimizni Turkiyaning Samsun shahrida bo‘lib o‘tadigan Teknofest aerokonmonavtika va texnologiya festivaliga taklif etishdan mamnunmiz.

2018 yilda ilk bor tashkil etilgan Teknofest loyihasi dunyoning yetakchi aerokosmonavtika va texnologiya festivallaridandir. 2019 yilda xorijiy davlatlardan 1,7 million shaxsan tashrif buyuruvchilar va yana ko‘plab qiziquvchilarga mezbonlik qilgan Teknofest shu yili dunyoning eng yirik aviatsiya ko‘rgazmasiga ham aylandi.

Turli davlatlar talabalarida o‘rtasida konkurslar va mudofaa texnologiyalarini namoyish etish barobarida Teknofest turli davlatlar havo kuchlarining yer va havodagi imkoniyatlarini namoyish etish uchun ideal platforma bo‘lib ham xizmat qiladi”, deyiladi maktubda.

Qayd etilishicha, Teknofest Turkiya Respublikasi Sanoat va Texnologiya vazirligi va davlat va xususiy sektorning boshqa hissadorlari bilan hamkorlikda T3, Turkiya Texnologiya Jamoasi Fondi tomonidan tashkil etiladi.

“Festivalning asosiy maqsadi yoshlarni yuqori darajali texnologiyalar va aerokosmonavtika sohalari bilan faoliyatini bog‘lashini qo‘llab-quvvatlash. So‘nggi pandemiyaga qaramay, 2020 yilda 84 davlatdan 20000 ta jamoa va 100 000 yoshlar 21 ta kategoriya bo‘yicha texnologiya konkurslariga ariza topshirdi. Hayratlanarli havo shoulari va butun dunyodan tashrif buyurgan havo kuchlari tuzilmalarining holatini namoyish etuvchi ko‘rgazmalar bilan bir qatorda, musoboqalar ishtirokchilari ularning faoliyatida va yutuqlarida hissa qo‘shish uchun ishtirok etgan ekspertlar, muhandislar, akademiklar tomonidan tashkil etilgan  onlayn treninglar, o‘quv komplekslari va “Savol-javob” sessiyalarida ham qatnashish imkoniga ega bo‘ldilar.

Sizni mazkur noyob hodisaning ishtirokchisi bo‘lishga chin dildan taklif qilib qolaman”, deb yozgan Selchuk Bayroqdor. 

Shuningdek, u Sa’dullayevga agar festivalga tashrif buyursa O‘zbekiston delegatsiyasini to‘liq turar joy bilan ta’minlashga va’da bergan. 

Ma’lumot uchun, “Bayraktar” ishlab chiqaruvchisi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning qudasi sanaladi. Uchoqlarning asl muallifi uning kuyovi Selchuk Bayroqdor. 

Bayraktar droni

“Bayraktar TB2” – Turkiyaning Baykar Makina kompaniyasining uzoq parvoz qila oladigan hujumkor razvedkachi dron. Uning maksimal tezligi 222 km/soat, qanotlari kengligi 12 m, qurilma havoda 24 soatgacha turishi mumkin, dronning amaliy shifti esa 8,2 ming m.

Dron uchish masofasi 0,5 dan 8 kmgacha bo‘lgan ikkita lazerli boshqariladigan UMTAS tankga qarshi raketalari yoki Turkiyaning Roketsan kompaniyasining to‘rtta Bozok, MAM-C yoki MAM-L boshqariladigan aniq bombalari bilan qurollantiriladi.

Bunday turdagi dronlardan Qorabog‘, Suriya va Liviyadagi jangovar harakatlarda foydalanilgan. Ayni paytda “Bayraktar TB2” dronlari Ozarbayjon, Qatar, Liviya, Marokash, Polsha, Jibuti, Ukraina armiyalari hamda Qirg‘iziston Chegara xizmatida mavjud.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qurilmalar allaqachon 22 davlatga, jumladan Marokash, Niger va Efiopiyaga sotilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bayraktar

Baholaganlar

265

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing