Erdo‘g‘anning Qrim bo‘yicha pozitsiyasi menga qiziqmas – Putin

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Qrimning tegishliligi bo‘yicha pozitsiyasi muhim emas. Asosiysi u yerda Rossiya manfaatlari ishonchli himoyalangan. RF Prezidenti Vladimir Putin Turkiya yetakchisining yarimorol bo‘yicha fikriga shunday munosabat bildirdi.

“Turkiya Prezidentining Qrim bo‘yicha ba’zi intilishlariga kelsak: men buni bilmayman. Menga bu qiziqmas, negaki Rossiya manfaatlari ishonchli himoyalangan. Bunga bir soniya ham shubha qilmasangiz bo‘ladi”, degan Putin “Valday” munozara klubi sessiyasida.

Avvalroq, Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya Qrimning Rossiya tomonidan noqonuniy anneksiya qiliniishini hech qachon tan olmasligini ma’lum qilgandi. 

U Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda Turkiya rasmiy Kiyevning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qrim Rossiya-Turkiya

Baholaganlar

689

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing