Erdo‘g‘an o‘ziga haykal o‘rnatishlariga qarshi chiqdi
Olam
−
17 iyun 2023 8170 1 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘zining haykalini o‘rnatish bo‘yicha taklifni rad etib, buning o‘rniga haykal uchun sarflanadigan pulni muhtojlarga berishni so‘radi. Bu haqda “TRT Haber” xabar berdi.
Rajab Toyib Erdo‘g‘anning matbuot kotibi Fahriddin Altunning ma’lum qilishicha, Bolu shahrining meri Tanju O‘zjanning Prezident Erdo‘g‘anning saylovda g‘alaba qozongani sharafiga uning haykalini o‘rnatish haqidagi taklifi rad etilgan.
“Bolu shahri hokimining Prezidentimiz Rajab Toyib Erdo‘g‘anning saylovdagi g‘alabasi munosabati bilan shaharda uning haykalini o‘rnatish haqidagi taklifi umrini xalqiga xizmat qilishga bag‘ishlagan muxtaram Prezidentimiz tomonidan rad etildi”, deydi u.
Shuningdek, u davlat rahbari haykal o‘rnatish uchun sarflanadigan pulni Boludagi muhtoj fuqarolarga berishni buyurganini ham qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmaniston milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov sharafiga Axal viloyatining yangi ma’muriy markazi Arqadag‘ shahrida uning 43 metrli, bronzadan yasalgan haykali o‘rnatilgan edi.
Live
Barchasi