Erdo‘g‘an yana Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSH va Fransiyaga qarshi gapirdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasining umumiy siyosiy bahslarida yana jahon tashkilotini Xavfsizlik kengashi tarkibini kengaytirishga chaqirdi. 

“Afsuski, biz hozir dunyoning optimistik tasvirini chiza olmaymiz. Biz o‘tgan yilga nisbatan tobora xavfli muammolarga duch kelishda davom etmoqdamiz. Xavfsizlik Kengashi endi global xavfsizlikni kafolatlay olmaydi va besh davlatning siyosiy strategiyalari uchun kurash maydoniga aylandi. Ushbu organ faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chaqiriqlarimiz BMT doirasida tobora ko‘proq qabul qilinayotgani quvonarlidir. Biz yana aytamizki, dunyo beshdan buyukdir”, deydi u BMT Xavfsizlik kengashining besh doimiy a’zosi – Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSH va Fransiyani nazarda tutib.

Erdo‘g‘an “BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning Kengashni isloh qilish zarurligi haqidagi pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashini” va umuman, jahon tashkiloti samaradorligini oshirishni ma’lum qildi. 

“Beshdan katta dunyo” shiori Erdo‘g‘anning o‘tgan yillardagi asosiy xalqaro chaqiriqlaridan biri bo‘lib qolmoqda. U munozaralar va qarorlar samaradorligini oshirish uchun BMT Xavfsizlik kengashini kengaytirish zarurligini va mavjud vaziyat boshqa davlatlarning huquqlarini buzayotganini ta’kidlab keladi.

Shuningdek, sessiyada Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs-Musar, Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy va doimiy bo‘lmagan a’zolari sonini oshirish kerakligini bildirdi. Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbun esa Falastin davlatini Birlashgan Millatlar Tashkilotining doimiy a’zosi sifatida tan olinishi tarafdori va bu masala bo‘yicha BMT Bosh Assambleyasining maxsus sessiyasi o‘tkazilishi kerakligini aytdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an BMT Xavfsizlik kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing