Erdo‘g‘an yana mamlakatda komendantlik soati e’lon qildi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 16-19 may kunlari mamlakatda komendantlik soatlari joriy etilishini e’lon qildi. Bu haqda kecha, 11 may kuni Turkiyaning "Tele 1" telekanali xabar berdi.

Shuningdek, Prezident Adana, Diyarbakir, Mardin, Trabzon, O‘rda, Denizli, Kahramanmarash, Sanliurfa, Tekirdag‘ shaharlari o‘rtasida kirish va chiqish cheklovlari olib tashlanishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Erdo‘g‘an mamlakat fuqarolari jamoat joylarida tibbiy niqob kiyishlari, shuningdek, ijtimoiy masofani saqlab turishlari kerakligini aytdi.

Turkiya Prezidenti joriy yilning 5 may kuni mamlakat ayni paytda koronavirus keltirib chiqargan inqirozni yengish arafasida turganini ma’lum qildi.

“Turkiya koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashda dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlariga qaraganda muvaffaqiyatli qadamlar qo‘ydi. Turkiya pandemiyadan yetkazilgan zararni eng qisqa vaqt ichida bartaraf etishga va iqtisodiy sohada yangi qadamlarni qo‘yishga majburdir“ deydi Erdo‘g‘an.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning pandemiyaga qarshi kurashda erishgan yutuqlari mamlakatning mintaqada ham, xalqaro maydondagi ham yangi yutuqlarining kalitiga aylanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq 139 771 ta holat qayd etilgan. Kasallanganlarning 95 780 nafari sog‘aygan, 3 841 nafari esa vafot etgan. Mamlakatdagi mavjud bemorlar soni 40 150 tani tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing