Erdo‘g‘an yaqin kunlarda Misrga boradi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an G‘azo sektoriga yordam berish masalasini muhokama qilish uchun yaqin kunlarda Misrga boradi. Bu haqda u Jazoirdan qaytayotganda, samolyot bortida turkiyalik jurnalistlarga ma’lum qilgan.

“Men tez orada Misrga borishim mumkin. Misrda bizning asosiy kun tartibimizda voqealar rivojida qanday qadamlar qo‘yishimiz, bemorlarni evakuatsiya qilish uchun nimalar qilishimiz kerakligi haqidagi savollarga javob topish bo‘ladi”, degan Erdo‘g‘an.

Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Anqara G‘azodagi barcha bemorlarni imkon qadar tezroq evakuatsiya qilishga tayyor. 

”Aslida, mening xohishim jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo‘lganlarni imkon qadar tezroq G‘azodan olib chiqib ketishdir. Ayniqsa, bolalar... Keling, ularga tezroq tibbiy yordam ko‘rsataylik. Bu masalada biz do‘stlarimiz bilan birdammiz va umid qilamanki, jarayonni shu tarzda davom ettiramiz”, degan Turkiya Prezidenti. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq vazir Faxriddin Ko‘ja Turkiya, Misr va Isroil G‘azo sektoridan saraton kasalligiga chalingan bemorlar olib chiqish uchun muvofiqlashtiruvchi guruh tuzganini ma’lum qilgandi. 

Guruh tomonidan joriy yilning 16 noyabr kuni G‘azo sektoridan saraton kasalligiga chalingan dastlabki 27 nafar bemor va ularning 13 nafar hamrohi Misrdan Turkiya poytaxti Anqaraga yetkazilgandi


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Misr G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing