Erdo‘g‘an vaziyatni yumshatishga chaqirmoqda

Olam

image

Turkiya Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi keskinlikni yumshatishga chaqirmoqda.  Bu haqda Anqarada Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an raisligida bo‘lib o‘tgan mamlakat Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha berilgan bayonotda so‘z borgan.  

“Vaziyatni keskinlashtirish tomonlarning hech birining manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi”, deb ta’kidlangan Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida.

Turkiya Milliy xavfsizlik xizmati, shuningdek, tomonlar, birinchi navbatda Turkiya va Armanistonning konstruktiv va samimiy sa’y-harakatlari bilan Janubiy Kavkazda tashkil etilgan hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish muhimligini qayd etgan. 

Yakuniy hujjatga ko‘ra, Kengashga Turkiya xavfsizlik kuchlari tomonidan mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid solayotgan barcha turdagi, xususan, Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP – PKK), Kurdiston jamoalari ittifoqi (KJI – KCK), Demokratik birlik partiyasi (DBP – PYD), Xalq mudofaasi bo‘linmalari (XMB – YPG), FETO va ISHID terror tashkilotlariga qarshi Turkiya va uning tashqarisida amalga oshirilgan hal qiluvchi va muvaffaqiyatli amaliyotlar haqida ma’lumot berilgan. 

Turkiya Milliy xavfsizlik kengashi a’zolari Gretsiyaning Sharqiy O‘rtayer dengizi va Egey dengizi mintaqasida buzg‘unchi harakatlarini tanqid qilgan. Qayd etilishicha, Afina Gretsiya orollarini harbiylashtirishni davom ettirmoqda va bu bilan xalqaro huquq normalari va tegishli kelishuvlar qoidalarini qo‘pol ravishda buzmoqda. 

Uchrashuv ishtirokchilari Gretsiyani Turkiyaning muloqot va hamkorlik chaqiruvlariga “samimiylik bilan javob berishga” chaqirdi. Shu bilan birga, Anqaraning Egey dengizi va O‘rta yer dengizidagi qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish qat’iyati tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina Prezidentlari Vladimir Putin hamda Vladimir Zelenskiyni ikki davlat o‘rtasidagi “ixtiloflarni bartaraf etish” uchun Turkiyaga taklif qilgandi. Dmitriy Peskovga ko‘ra, Putin Erdo‘g‘anning taklifidan foydalanib, epidemiologik vaziyat va jadvallar imkon berishi bilanoq Turkiyaga tashrif buyuradi.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

119

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing