Erdo‘g‘an kelasi hafta O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kelasi hafta O‘zbekistonga kelishini aytdi. Bu haqda u Ostonadan qaytayotib, samolyotda jurnalistlarga ma’lum qildi.

"Bu oy Ar-Riyodda Islom hamkorlik tashkilotining sammiti bo‘ladi. Biz ushbu sammitda qatnashamiz. Kelasi haftada O‘zbekistonga ham tashrif buyuramiz. Bu eng hal qiluvchi vaqtdagi juda muhim tashriflar”, degan Erdo‘g‘an. 

Shuningdek, u Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning noyabr oyi oxirida Turkiyaga tashrif buyurishini kutayotgani va u bilan mintaqaviy masalalarni muhokama qilishini aytgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 8-9 noyabr kunlari poytaxt Toshkentda Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining 16-sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etish uchun Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Pokiston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Anvar Kakar, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Toshkentga kelishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq rasmiy Ashxobod Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning mazkur sammitdagi ishtirokini tasdiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Erdo'g'an O'zbekistonga keladi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing