Erdo‘g‘an Ukraina inqirozi atrofidagi islomofobiya va madaniy irqchilik haqida gapirdi

Olam

image

Ukraina inqirozi kontekstidagi sharmandali bahslar islomofobiya va madaniy irqchilikning xavfli jihatlarini ochib bermoqda. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 15 mart kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro media va forumi ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida so‘z ochdi. 

Uning qayd etishicha, islomofobiya ham xuddi vabo epidemiyasi kabi, ayniqsa, G‘arb mamlakatlarida tarqalib, ko‘chadagi odamlardan tortib siyosatchilargacha, ishchilargacha, davlat amaldorlarigacha, jamiyatning barcha qatlamlarini zaharlashda davom etmoqda.

“Mas’uliyatsiz ommaviy axborot vositalari targ‘ib qilayotgan nafrat muhiti musulmonlar bilan bir qatorda, tili, dini, kelib chiqishi va madaniyati turlicha bo‘lgan millionlab insonlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ukraina inqirozi kontekstidagi sharmandali bahslar islomofobiya va madaniy irqchilikning xavfli jihatlarini ochib bermoqda", deydi Erdo‘g‘an.

Turkiya rahbari so‘zida davom etarkan, kuchayib borayotgan islomofobiyaga qarshi kurashish nafaqat musulmonlarning, balki butun insoniyatning ishi. Aks holda teraktlar takrorlanaverishi hech gap emas. 

"Insonni eng oliy maxluqot deb bilgan, “insonni yashatki, davlat yashasin”, degan madaniyat a’zolari sifatida biz hech qachon mazlumlar va qurbonlar o‘rtasidagi kamsitishni qabul qilmaymiz. Bizning fikrimizcha, kuchaygan islomofobiyaga qarshi kurash nafaqat musulmonlarning, balki butun insoniyatning ishi. Aks holda, 2019 yilda Yangi Zelandiyada va 2021 yilda Kanadadagi kabi islomofobik hujumlarning oldini ololmaymiz”.

Erdo‘g‘an bu borada eng katta mas’uliyat G‘arb siyosatchilari, ommaviy axborot vositalari va davlat muassasalari bilan bir qatorda Islom olami va uning muassasalari zimmasiga tushayotganini ta’kidlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

331

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing