Erdo‘g‘an Turkiyaning Suriyadagi kurashi boshqacha bo‘lishiga va’da berdi 

Olam

image

Anqaraning Suriyadagi kurashi kelajakda butunlay boshqacha bo‘ladi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi. 

“Suriyada AQSH boshchiligidagi koalitsiya kuchlarining yordami tufayli Kurdiston Ishchilar partiyasi va “O‘z-o‘zini himoya qiluvchi xalq kuchlari” kuchaymoqda. Biz ma’lum vaqtgacha chidadik, oxirgi marta bizning ikki politsiya xodimimiz qurbon bo‘ldi. Kelgusi davrda ularga qarshi kurashimiz butunlay boshqacha tarzda davom etadi. Biz AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan terror tashkilotlari bilan ham, (Suriya Prezidenti Bashar Asad) rejim kuchlari bilan ham kurashamiz. Bu masalada qat’iymiz”, degan Erdo‘g‘an. 

Turkiya Prezidenti Respublikaning Suriyadagi kurashi qanday o‘zgarishi mumkinligini aniq aytmagan. Biroq, so‘nggi paytlarda Anqarada Suriya shimolida kurd tuzilmalarining “mavjudligini tugatishga” tayyorlik haqidagi bayonotlar tez-tez uchray boshlagan. 

Avvalroq, Erdo‘g‘an Suriyadagi oxirgi terroristik hujumlar sabab Turkiyaning sabr kosasi to‘lganini aytgandi.  

Ma’lumot uchun, Turkiya armiyasi 2016-2019 yillarda Suriya shimolida uchta operatsiya o‘tkazdi: “Frot qalqoni” ISHID terrorchi guruhiga qarshi, “Zaytun novdasi” va “Tinchlik bulog‘i” kurd terrorchilariga qarshi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Turkiya Erdo'g'an

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing