Erdo‘g‘an Turkiyaning maqsadini ma’lum qildi
Olam
−
29 dekabr 2021
9461Turkiya hukumati tomonidan iqtisodiyotda ishlab chiqilgan vositalar mamlakatni halokatli doiradan qutqarib qoldi. Bu haqda Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqaraning maqsadi dunyoning iqtisodi kuchli top-10 davlat qatoriga kirish.
“Iqtisodiyotda bosib o‘tgan yo‘limiz va ishlab chiqqan vositalarimiz yordamida biz mamlakatimizni o‘tmishda tushib qolgan halokatli doiradan saqlab qoldik. Bizning yo‘l — investitsiya, bandlik, ishlab chiqarish, eksport va o‘sish. Maqsadimiz dunyoning iqtisodi kuchli top-10 taligiga kirish”, degan Turkiya rahbari Turkiya Ilmiy va texnologik tadqiqot kengashi va Turkiya Fanlar akademiyasi ilmiy mukofotlarini topshirish marosimida.
Turkiya moliya tizimi o‘tgan yil davomida liraning qadrsizlanishi tufayli og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda. Turk lirasi Markaziy bank hisob stavkasini ketma-ket bir necha marta pasaytirganidan so‘ng keskin qadrsizlandi: yanvar oyida bir dollar 7,4 lira bo‘lgan bo‘lsa, 20 dekabrga kelib, dollar kursi rekord darajadagi 18,4 liraga yetdi. Erdo‘g‘anning valyuta kursining o‘zgaruvchanligiga qarshi kurashish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi bayonotlaridan so‘ng, turk valyutasining pasayishi sezilarli o‘sish bilan almashtirildi, natijada lira so‘nggi haftalardagi yo‘qotishlarni qopladi.
Turkiya Prezidenti 2019 yil iyulidan buyon Markaziy bank rahbarini uch marta, 2021 yil noyabridan buyon moliya vazirini ikki marta almashtirgan. Bu orada Turkiyaning asosiy muxolif partiyalari yetakchilari Erdo‘g‘anni iqtisodiy qobiliyatsizlikda ayblab, muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishga ham chaqirdi. Turkiya rahbari bu chaqiriqni rad etib, mamlakatda prezidentlik va parlament saylovlari rejalashtirilganidek 2023 yil iyun oyida bo‘lib o‘tishini aytdi.