Erdo‘g‘an Turkiyada Prezident saylovi qachon o‘tkazilishini aytdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 18 yanvar kuni parlamentdagi chiqishi chog‘ida mamlakatda prezidentlik va parlament saylovlari 14 may kuni o‘tkazilishi mumkinligini aniq aytdi. 

Davlat rahbari 1950 yilning 14 mayida o‘tkazilgan saylovda Demokrat partiyadan nomzod Adnan Menderes yirik g‘alabaga erishib, Bosh vazir bo‘lganini esladi.

Adnan Menderes va Jalol Bayar boshchiligidagi Demokratik partiya 1950 yilda Mustafo Kamol Otaturk tomonidan asos solingan "Jumhuriyat xalq" partiyasini siqib chiqargan holda hokimiyatga kelgan muxolifat partiyalari orasida birinchi bo‘ldi. 1950 yilgi milliy saylovlar natijasi Turkiyada bir partiyaviylik davrining tugashidir. 

Kecha, 17 yanvar kuni Erdo‘g‘an boshchiligidagi hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi bilan ittifoqqa kiruvchi Millatchi Harakat partiyasi rahbari Davlat Bog‘chali Turkiyada umumiy saylovlarni iyun o‘rniga shu yilning may oyida o‘tkazishni taklif qildi. 

Avvalroq Erdo‘g‘an Turkiyada 18 iyunga belgilangan prezidentlik va parlament saylovlarini kechiktirish ehtimoli haqida ham gapirgan edi. U kechiktirilishiga sabab sifatida “mavsumiy sharoitlar”ni keltirdi. Erdo‘g‘an boshchiligidagi partiya iyun oyida universitet imtihonlari boshlanishi, talabalar ta’tillari, dam olish mavsumi, shuningdek, 100 mingdan ortiq turkiyalik Haj ziyoratiga jo‘nab ketishi munosabati bilan saylovlarni ertaroq o‘tkazishni taklif qildi.

Mahalliy siyosatshunoslar saylovlarning mumkin bo‘lgan sanalari sifatida 30 aprel, 7 yoki 14 may deb taxmin qilmoqda. 

Hukmron “Xalq ittifoqi” avvalroq saylovlarda o‘zining yagona nomzodi Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bo‘lishini ma’lum qilgan edi. Muxolifat hozircha o‘z nomzodini ko‘rsatmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing