Erdo‘g‘an Turkiy kengash bo‘yicha niyatini ochiqladi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi endi xalqaro tashkilot sifatida e’tirof etilishini istamoqda. Bu haqda u kengashning joriy yil 31 mart kuni videoanjuman shaklida o‘tgan norasmiy sammitida so‘z ochdi. 

Kengash majlisida ilk bor Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni ko‘rishdan mamnun bo‘lganini bildirgan Erdo‘g‘an, rasmiy Ashxabodning ushbu tashkilotga avval kuzatuvchi, so‘ng doimiy asosda a’zo bo‘lib qo‘shilishidan barcha a’zolar manfaatdor ekanini aytdi. 

“12 yillik davr mobaynida institutsionalizatsiya (tahr. har qanday munosabatlarni institutlarga, ya’ni belgilangan qoidalar, me’yorlar va ularni o‘z-o‘zini boshqarish bilan munosabatlarni tashkil etish shakliga aylantirish) jarayoni yakuniga yetgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining xalqaro e’tibori ham yuksakdir. 

Bundan buyon Kengashimizni xalqaro tashkilot sifatida nomlash vaqti kelganiga ishonyapman. Bu haqdagi qarorni Turkiyadagi sammitda qabul qilinishiga umid qilyapmiz”, deydi Erdo‘g‘an. 

Turkiya rahbari nutqi davomida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanga ham minnatdorlik bildirdi.

“Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning mehmondo‘stligi bilan Budapeshtda ochilgan Yevropa vakolatxonasi Yevropada Turk kengashi bayrog‘inining hilpirishani ta’minlab, uning ko‘rkamligini yanada ottirdi.  

Boshqa mamlakatlar ham bizning Kengashimiz bilan hamkorlik qilish va Kengashimizga kuzatuvchi bo‘lish istagini bildirmoqda. Shu munosabat bilan, uchinchi mamlakatlar bilan hamkorlik formatlari toifalari va mezonlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan ishlarni eng qisqa vaqt ichida yakunlash kerak”, deydi Erdo‘g‘an.

U so‘zi yakunida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammitini epidemiyani ortda qoldirgan holda joriy yilning 12 noyabr kuni Turkiyada o‘tkazishga tilak bildirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi

Baholaganlar

461

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing