Erdo‘g‘an turk lirasining “qulashi” tugaganini ma’lum qildi

Olam

image

Turk lirasining qadrsizlanishi to‘xtadi va u tez orada o‘z mavqeini tiklaydi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

“Biz inflyatsiyani juda katta ehtimol bilan pasaytirish uchun qo‘llayotgan dastur lira qiymatini oshirishini kutyapmiz. Shu tariqa, liraning muntazam qadrsizlanishi yakunlanadi hamda turk pul birligining mustahkamlanishi ehtimoli katta”, deydi Erdo‘g‘an.

Shu bilan birga, noyabr oyi boshida lira tarixiy minimumini yangilab, bir dollar uchun 28,6 liragacha pasaygan. 2023 yil boshidan buyon esa lira o‘z qiymatining yarmidan ko‘pini yo‘qotgan.

Bir qator ekspertlarning fikricha, Turkiya milliy valyutasining "qulashi"ga iqtisodchilar tavsiyalarini e’tiborsiz qoldirgan Erdo‘g‘anning o‘zi sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Turkiya Markaziy banki tomonidan asosiy stavkaning 35 foizga ko‘tarilishi ham mamlakatni 2023 yil oxirigacha inflyatsiyaning 68 foizgacha ko‘tarilishidan qutqara olmaydi. Erdo‘g‘an prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongach, inflyatsiyani kamaytirishga va’da bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

inflyatsiya Erdo'g'an Turk lirasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing