Erdo‘g‘an tojik-qirg‘iz chegarasidagi mojaroga munosabat bildirdi
Jamiyat
−
10 iyun 2021
9105Avvalroq, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovni terrorchilik xavfidan ogohlantirgani haqida xabar bergan edik.
Turkiya yetakchisi Sadir Japarov bilan uchrashuvi davomida qirg‘iz-tojik chegarasidagi qurolli mojaroga ham to‘xtalib o‘tdi. Erdo‘g‘an mojaroning tinch yo‘l bilan yechim topishiga umid bildirib, shunday dedi:
“Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida aprel oyida noxush hodisa sodir bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasidagi bu mojaro bizni chuqur qayg‘uga soldi. Hodisada vafot etganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Turkiya muammo ikki davlat o‘rtasida tinch yo‘l bilan hal etilishiga umid qiladi”.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 28 aprel kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati Ko‘k-Tosh qishlog‘i yaqinidagi “Golovnoy” suv olish joyidagi davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismida ikki mamlakat mahalliy aholisi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. 29 aprelda Qirg‘iziston va Tojikiston xavfsizlik kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvga aylandi. Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken va Laylak tumanlarida otishmalar 30 aprel va 1 may kunlari davom etdi.
1 may kuni tomonlar otishmani to‘liq to‘xtatish va chegaradan kuchlarni olib chiqib ketish to‘g‘risida kelishib olishga muvaffaq bo‘ldi. Xuddi shu kuni tojikistonlik harbiylar Qirg‘iziston hududidan chiqib ketdi.
LiveBarchasi