Erdo‘g‘an Suriya mojarosi bo‘yicha muhim yig‘ilish o‘tkazdi
Olam
−
06 dekabr
2982Kecha, 5 dekabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriyadagi vaziyat keskinlashayotgan bir paytda Milliy xavfsizlik kengashining eng muhim yig‘ilishlaridan birini o‘tkazdi. Bu haqda "Anadolu" xabar berdi.
Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda milliy birlik, birdamlik va omon qolish uchun har qanday tahdid va xavfga qarshi mamlakat ichkarisida va xorijda olib borilgan hal qiluvchi amaliyotlar haqida ma’lumot berilgan.
“Turkiya Suriyaning hududiy yaxlitligi va birligini himoya qilishni har doim kuchli qo‘llab-quvvatlagan va bu jarayonga barcha kerakli ishlarni qilishga tayyor. Hokimiyatni egallashga intilayotgan terror tashkilotlariga hech qachon ruxsat berilmaydi va milliy xavfsizligimiz va xalqimizga tahdid soladigan barcha urinishlar bartaraf qilinadi”, deyilgan yig‘ilish davomida.
Shuningdek, yig‘ilishda Suriyadagi so‘nggi voqealar tinch aholining hayoti va mulki xavfsizligiga zarar yetkazmasligi uchun zarur choralarni ko‘rish muhimligi haqida so‘z borgan.
“O‘zgarishlar Suriyadagi rejim o‘z xalqi va qonuniy muxolifat bilan kelishib olishi kerakligini yana bir bor ko‘rsatdi”, degan Prezident.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 dekabr kuni Dohada Suriya bo‘yicha Ostona formatida (Eron, Rossiya, Turkiya) Tashqi ishlar vazirlari darajasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi kutilayotganligi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi