Erdo‘g‘an siam egizaklarini saroyida mehmon qildi
Olam
−
23 avgust 2019
19201Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an mamlakatning Qahramonmarash viloyati Turko‘g‘lu tumanida istiqomat qilib kelayotgan siam egizaklari Oysha va Sema Tangriquli bilan uchrashdi.
Oysha va Sema Tangriquli bu yil oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlaridan yiqilganlar. Oradan ko‘p o‘tmay, davlat rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an va birinchi xonim Emina Erdo‘g‘an bundan xabar topgan va siam egizaklari Oysha va Semaning Qahramonmarashdagi Sutchi imom universitetiga qabul qilinishiga ko‘mak berganlar.
Prezident va uning turmush o‘rtog‘iga minnatdorlik bildirish uchun Oysha va Sema Prezidentning Anqaradagi saroyiga keldi.
Erdo‘g‘an va uning rafiqasi egizaklar bilan suhbatlashib, ularga saroyni tanishtirishgan, saroydagi nodir buyumlarni ko‘rsatishgan.
Ma’lumot uchun, siam egizaklari – rivojlanish davrida embrional jihatdan bir-biridan to‘liq ajralmagan egizak homilalardir. Ularning tana qismlari, ichki organlari bir-biriga birikkan bo‘ladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har 200.000 tug‘ruqning birida turli anomaliyadagi siam ezizaklari dunyoga keladi. Ularning teng yarmi esa o‘lik holda tug‘iladi.
LiveBarchasi