Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga kirishini rasman ma’qulladi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi protokolni tasdiqladi. Hujjat hukumatning “Resmi Gazete” gazetasida e’lon qilindi.

Joriy yilning 23 yanvar kuni Turkiya parlamenti protokolni ratifikatsiya qilish uchun ovoz bergandi.

Vengriya Shvetsiyaning alyansga qo‘shilish arizasini hali ratifikatsiya qilmagan NATOga a’zo yagona davlat bo‘lib qolmoqda. NATOga a’zo bo‘lish uchun nomzod davlatning arizasi alyansning barcha a’zolari tomonidan ma’qullanishi kerak.

Ma’lumot uchun, Shvetsiya 2022 yil may oyida Finlyandiya bilan birgalikda Shimoliy Atlantika alyansiga kirish uchun ariza topshirgan. Finlyandiya o‘tgan yilning 4 aprelida blokning 31-a’zosiga aylandi. Stokgolm esa Vengriya va Turkiyadan hali yakuniy ruxsat olmagan. Shunday qilib, Anqara so‘rovning ratifikatsiya qilinishini Stokgolmning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha va’dalarini bajarishi bilan bog‘laydi.

O‘tgan yilning iyul oyida Shvetsiya Yevropa Ittifoqi a’zosi sifatida mamlakatning NATOga arizasini ratifikatsiya qilish evaziga Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonini osonlashtirishga rozi bo‘lgan edi. Shu bilan birga, Alyans Bosh kotibi Yens Stoltenberg Skandinaviya davlatining blokka qo‘shilishi va Anqaraning ittifoqqa qo‘shilishi masalalari “bir-biriga bog‘liq emas”ligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Shvetsiya Turkiya'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing