Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga kirishi uchun yangi shartni aytdi
Olam
−
10 iyul 2023
10463Yevropa Ittifoqi Turkiyani YeIga to‘laqonli a’zo qilish uchun harakat qilsa, Anqara Shvetsiyaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlaydi. Shvetsiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish haqidagi arizasini ratifikatsiya qilishning shunday yangi shartini Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ilgari surdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Vilnyusdagi NATO sammitiga jo‘nab ketishidan oldin gapirgan Erdo‘g‘an, Shvetsiyaning a’zo bo‘lishi o‘tgan yozda Madridda o‘tgan alyans sammitida erishilgan kelishuvning amalga oshirilishiga bog‘liqligini aytib, Anqaradan hech qanday murosa kutmaslikni ta’kidlagan.
Shuningdek, u 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida Anqaraning yangi holati haqida gaplashishini qo‘shimcha qilgan. Shu bilan birga, u Shvetsiyaning a’zo bo‘lishi bo‘yicha yakuniy qaror Turkiya parlamentidagi ovozga bog‘liqligini qo‘shimcha qilgan.
Bundan tashqari, Erdo‘g‘an Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushning tugatilishi Kiyevning NATOga a’zolik jarayonini osonlashtirishini ham aytgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Vilnyusdagi sammitda Shvetsiya alyansga a’zo bo‘lmasligini ma’lum qilgandi. Uning aniqlik kiritishicha, Anqara uni ma’qullashga rozi bo‘lsa ham, Turkiya arizani ratifikatsiya qilishga ulgurmaydi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr