Erdo‘g‘an saylovlarda g‘alaba qozonsa, uchinchi muddatga qayta saylanmasligini aytdi
Olam
−
20 may 2023
6513Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an amaldagi qonunchilikka ko‘ra, 28 may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda g‘alaba qozonsa, uchinchi muddatga saylana olmasligini aytdi. Bu haqda u CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Amaldagi nizomga ko‘ra, Prezident faqat ikki marta saylanishi mumkin. Mening birinchi muddatim tugadi, endi ikkinchi muddatga saylovlar bor. Ikkinchi muddatga qayta saylanishim bilan bu jarayon yakunlanadi”, degan Erdo‘g‘an uning 2033 yilgacha Turkiyani boshqarishni rejalashtiryotgani haqidagi savolga javoban.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan yili Turkiya muxolifati Erdo‘g‘an yangi muddatga o‘z nomzodini qo‘ya olmasligini, chunki 2018 yilda yangi Konstitutsiya qabul qilinganidan so‘ng va to‘rt yillik hokimiyatdan so‘ng muddatidan avval qayta saylanganini aytgan.
Turkiya Adliya vazirligi esa Erdo‘g‘an prezidentlikka qayta saylanish huquqiga ega, deb hisoblagan, chunki qonuniy ravishda, yangi tuzatishlarga ko‘ra, u ikkita emas, faqat bitta saylovda qatnashgan, chunki uning muddati “nollashtirilgan”.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 14 may kuni Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkazildi. Birinchi tur yakunlari bo‘yicha Erdo‘g‘an 49,51%, Qilichdoro‘g‘li 44,88% ovoz to‘pladi. Birinchi turda g‘alaba qozonish uchun nomzodga 50 foizdan ortiq ovoz kerak edi, shuning uchun 28 may kuni saylovning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi