Erdo‘g‘an Saudiyaga bordi (video)
Olam
−
03 fevral 4154 1 daqiqa
Bugun, 3 fevral kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahriga tashrif bilan bordi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ar-Riyoddagi Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportda Turkiya rahbarini Ar-Riyod amiri shahzoda Faysal bin Bandar Ol Saud, Saudiya Arabistonining Anqaradagi elchisi Fahad bin Asad Abualnasr, Turkiyaning Ar-Riyoddagi elchisi Amrulloh Ishler va uning rafiqasi Oyshanur Ishler kutib olgan.
Safarda Turkiya yetakchisiga rafiqasi Emina Erdo‘g‘an, Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, Moliya va g‘aznachilik vaziri Mehmet Shimshak, Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mohinur Ozdemir Gektash, Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslon Bayraktar, Sanoat va texnologiyalar vaziri Mehmet Fotih Kajir, Yoshlar va sport vaziri Usmon Ashqin Bak, Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler, Sog‘liqni saqlash vaziri Kamol Memishog‘lu, Prezident administratsiyasi huzuridagi Aloqalar boshqarmasi rahbari Burhoniddin Duran, Prezidentning tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha bosh maslahatchisi Akif Chag‘atoy Qilich hamda boshqa rasmiy shaxslar hamrohlik qilmoqda.
Aeroportdan Turkiya Prezidenti Ar-Riyoddagi “Al-Yamama” podshoh saroyiga yo‘l olgan.
Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘an 2025 yilning oktyabr oyida Quvayt, Qatar va Ummon davlatlariga rasmiy tashrif bilan borgan edi.
Live
Barchasi