Erdo‘g‘an Rossiyaga yetib bordi

Jamiyat

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘tirgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 15:20 da Rossiya poytaxti Moksvadagi "Vnukova-2" aeroportiga kelib qo‘ndi. Turkiya Prezidentini Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov kutib olgan. 

Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida yakkama-yakka uchrashuv bo‘lib o‘tadi. 

Turkiya Prezidentiga Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu, Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, G‘aznachilik va moliya vazir Berat Albayroq, Milliy razmedka boshqarmasi boshlig‘i Hakan Fidan, Prezident ma’muriyati bilan aloqa bo‘limi boshlig‘i Ibrohim Kalin hamrohlik qilmoqda. 

Moskvada Turkiya va Rossiya Prezidentlari Suriyaning shimoli-g‘arbidagi Idlib de-eskalatsiya zonasidagi vaziyat yuzasidan muzokaralar o‘tkazadilar.

Ayni vaqtda Turkiya va Rossiya Prezidentlarining uchrashuvi butun dunyo diqqat markazida turibdi. Uchrashuvda davlat rahbarlari Idlib bo‘yicha yakuniy qarorga kelishi kutilmoqda.

Prezident Erdo‘g‘anning bir necha kun avval qayd etganidek, ushbu uchrashuvda Idlibdagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha sulh imzolanishi mumkin. 

Idlibda Turkiya "Bahor qalqoni" deb nomlangan operatsiya o‘tkazmoqda . Mintaqadagi vaziyat esa kundan kunga jiddiylashib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing