Erdo‘g‘an rafiqasi bilan Toshkent tomon yo‘lga chiqdi
Olam
−
29 mart 2022
6469Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbulda o‘tgan Rossiya-Ukraina muzokaralaridan so‘ng rafiqasi – birinchi xonim Emina Erdo‘g‘an bilan O‘zbekistonga jo‘nab ketdi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Administratsiyasi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lumki, Rajab Toyib Erdo‘g‘an O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 29-30 mart kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifni amalga oshiradi.
Prezident o‘tirgan uchoq Istanbuldagi Mustafo Kamol Otaturk nomidagi aeroportdan Toshkent tomon yo‘lga chiqdi.
Prezident Erdo‘g‘anga rafiqasidan tashqari, Adliya vaziri Bakir Bo‘zdog‘, Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vaziri Vedat Bilgin, Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Koja va Savdo vaziri Mehmet Mush va Prezident Administratsiyasi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Faxriddin Altun hamrohlik qilmoqda.
Tashrif doirasida Turkiya-O‘zbekiston Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Rasmiy Anqaraga ko‘ra, Prezidentlar raisligida va tegishli vazirlar ishtirokida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Kengash yig‘ilishida Turkiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik darajasi har tomonlama ko‘rib chiqiladi va bu boradagi qadamlar muhokama qilinadi. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish borasidagi ishlar muhokama qilinadi.
Uchrashuvlarda mintaqaviy va xalqaro muammolar hamda ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashiladi.
Kengash yig‘ilishi munosabati bilan Turkiya-O‘zbekiston munosabatlarining shartnomaviy zaminiga salmoqli hissa qo‘shadigan turli kelishuv va anglashuv memorandumlarining imzolanishi ham kun tartibidan o‘rin olgan.
LiveBarchasi