Erdo‘g‘an Putinning Turkiyaga kelishiga umid qilyapti
Olam
−
03 fevral 2022
5520Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 3 fevral kuni Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Xitoyga safaridan so‘ng Respublikaga tashrif buyurishiga umid bildirdi.
“Bugun biz janob (Ukraina Prezidenti Vladimir) Zelenskiy bilan uchrashamiz, janob Putin esa Xitoyga tashrifidan so‘ng Turkiyaga tashrif buyurishini aytdi. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi salbiy o‘zgarishlarni kuzatish biz uchun noto‘g‘ri. Ikki davlat o‘rtasidagi bu notinch davrni muvaffaqiyatli yengib o‘tishimizga umid qilaman”, degan Erdo‘g‘an Kiyevga uchishdan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Turkiya Prezidenti, shuningdek, Anqara “mintaqadagi keskinlikni yaqindan kuzatib borishi”ni va barcha tomonlarni muloqotga chaqirishini ta’kidlagan.
“Biz doimo Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlashimizni e’lon qilamiz. Mintaqada tinchlik hukm surishi uchun barchani muloqotga taklif qilamiz. Men mintaqamizda tinchlik va ishonch muhitini o‘rnatishga hissa qo‘shishga tayyor ekanligimizni yana bir bor ta’kidlayman”, deya qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.
Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina Prezidentlari Vladimir Putin hamda Vladimir Zelenskiyni ikki davlat o‘rtasidagi “ixtiloflarni bartaraf etish” uchun Turkiyaga taklif qilgandi.