Erdo‘g‘an Putinga yurak yutib kutilgan gapni aytolmadi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 16 sentyabr kuni Samarqandda turkiyalik mavqedoshi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, Rajab Toyib Erdo‘g‘an unga Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar tashkil qilishni taklif qilmaganini aytdi. Bu haqda TASS yozmoqda. 

“U haqiqatan ham ushbu inqiroz atrofida yuzaga keladigan bir qator jiddiy muammolarni hal qilishga jiddiy hissa qo‘shmoqda. Va o‘z-o‘zidan ma’lumki, u Prezident Zelenskiy bilan ham uchrashishni taklif qiladi, chunki bu qandaydir ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin. Bu uchrashuvda u bu haqda gapirmadi”, deydi Rossiya davlat rahbari jurnalistlar savollariga javob berar ekan. 

Shu bilan birga, Putin, umuman olganda, Erdo‘g‘an doimo Zelenskiy bilan uzoq muddatga uchrashishni taklif qilishini ta’kidlagan.

"Buning hech qanday yomon joyi yo‘q. Turkiya Prezidenti vaziyatni normallashtirishga, jumladan, oziq-ovqat masalasini hal qilishga katta hissa qo‘shmoqda", deb aytgan Rossiya rahbari. 

Uning eslatishicha, gap Ukraina portlaridan g‘alla eksporti haqida ketmoqda.  

"Ukraina g‘allasining Odessa orqali eksport qilinishi ko‘p jihatdan uning sa’y-harakatlari natijasidir", deya qo‘shimcha qilgan Putin.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bugun, 16 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Samarqandda uchrashdi. 40 daqiqa davom etgan uchrashuv yopiq eshiklar ortida o‘tgan. 

Ma’lumot uchun, hafta boshida Turkiyaning taniqli nashri “Hurriyet” Erdo‘g‘an Samarqandda Putin bilan uchrashuvda unga yana Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni taklif qilishi haqida yozgan edi


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

517

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing