Erdo‘g‘an Putin bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda Dog‘istondagi teraktlarni muhokama qildi va hamdardlik bildirdi. Bu haqda ikki davlat rahbarlarining matbuot xizmatlari xabar berdi.

“Prezident Erdo‘g‘an Turkiya terrorning har qanday ko‘rinishiga qarshi ekanini va terror hujumlarini nafrat bilan qoralaganini aytdi. Shuningdek, u qurbonlar uchun Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi va jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi. Prezident Erdo‘g‘an Turkiya mintaqadagi barcha to‘qnashuvlarga barham berish uchun harakat qilishda davom etishini aytdi”, deyiladi xabarda.

Kreml matbuot xizmatining xabar berishicha, Vladimir Putin hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorlik bildirgan. Rahbarlar terrorizmga qarshi kurash sohasida harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirishni davom ettirishga kelishib olgan.

“Keyingi shaxsiy aloqalar, jumladan, 3-4 iyul kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti doirasidagi uchrashuv borasida kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, 23 iyun kuni Darband va Maxachqal’adagi bir guruh terrorchilar, ikkita pravoslav cherkovi va ikkita sinagogaga hujum qilgandi. Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 21 kishi halok bo‘lgan, 26 kishi jarohatlangan. Qurbonlar va jarohatlanganlar orasida huquq-tartibot idoralari xodimlari va tinch aholi vakillari bor.

Mazkur holat yuzasidan terrorizm, noqonuniy ravishda o‘qotar qurollarni qo‘lga kiritish, saqlash va tashish, shuningdek, o‘g‘irlash moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Milliy aksilterror qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, besh nafar jangari zararsizlantirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing