Erdo‘g‘an Pashinyanga kitob sovg‘a qildi
Olam
−
25 Sentabr
2688Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan kecha, 24 sentyabr kuni Nyu-Yorkda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda ikki yetakchining matbuot xizmatlari xabar berdi.
Bildirilishicha, uchrashuv davomida Turkiya va Armaniston o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish masalalari, shuningdek, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tinchlik jarayonlari muhokama qilingan. Shuningdek, Erdo‘g‘an Turkiya Yerevan va Baku o‘rtasida mustahkam tinchlik va yangi tarixiy davrda do‘stlik aloqalarini o‘rnatishni faol qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Turkiya rahbarining idorasi ham ushbu maqsadlarga erishish uchun harakatlar davom etayotganini tasdiqlagan.
Bundan tashqari, uchrashuv davomida Erdo‘g‘an Pashinyanga o‘z muallifligidagi “Dunyo yanada odil bo‘lishi mumkin” nomli kitobni sovg‘a qilgan.
Armaniston-Turkiya munosabatlari
1991 yildan boshlab Armaniston va Turkiya o‘rtasida hech qanday aloqa mavjud bo‘lmagan. Ikki davlat chegarasi esa 1993 yilda Anqara tashabbusi bilan yopilgan. Muammoli masalalar qatorida Anqaraning Armaniston tomonidan ilgari surilgan arman genotsidini xalqaro tan olish jarayoni va Qorabog‘ mojarosidan noroziligi ham mavjud bo‘lgan.
2021 yil dekabr oyida Armaniston va Turkiya munosabatlarini normallashtirish bo‘yicha o‘z emissarlarini – Armaniston Respublikasi Milliy Assambleyasi vitse-spikeri Ruben Rubinyan va tajribali diplomat, Turkiyaning AQSHdagi sobiq elchisi Serdar Qilichni tayinlagan.
2022 yil 12 mart kuni Antaliya diplomatik forumi doirasida Armaniston va Turkiya TIV rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Unda munosabatlarni normallashtirishning keyingi bosqichi muhokama qilinib, tomonlar ushbu jarayonni shartlarsiz ilgari surishga tayyorligini tasdiqlagan.
2022 yil 1 iyulda Armaniston va Turkiya emissarlari tegishli ravishda Armaniston va Turkiyaga tashrif buyurgan uchinchi davlat fuqarolari uchun Armaniston-Turkiya quruqlik chegarasini imkon qadar tezroq kesib o‘tish imkoniyatini ta’minlashga kelishib olgan. Shuningdek, Armaniston va Turkiya o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo yuk tashuvini imkon qadar tezroq boshlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
2023 yil 1 yanvardan boshlab Armaniston va Turkiya o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo yuklarini tashish cheklovlari ham olib tashlangan.
2024 yil 1 mart kuni Armaniston va Turkiya Tashqi ishlar vazirlari Ararat Mirzoyan va Xoqon Fidan Antaliyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda munosabatlarni to‘liq normallashtirishga tayyor ekanini tasdiqlagan, shuningdek, bu yo‘nalishdagi mumkin bo‘lgan aniq qadamlar haqida fikr almashgan.
Eslatib o‘tamiz, 23 sentyabr kuni Nyu-Yorkdagi Turk uyida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an BMT Bosh Assambleyasi 79-sessiyasi doirasida Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashgandi.
LiveBarchasi
06 noyabr