Erdo‘g‘an partiyasi saylov natijasini bekor qilish talabi bilan chiqdi
Olam
−
05 aprel 2019
6645Turkiyada uzoq yillardan beri yetakchilik qilib kelayotgan “Adolat va taraqqiyot” partiyasi Istanbul viloyatida o‘tkazilgan mahalliy saylovlar natijalari bo‘yicha bayonot berdi. Bu haqda “Haberturk” nashri xabar qildi.
“Adolat va taraqqiyot” partiyasi raisi Ali Ihson Yovuzning ta’kidlashicha, viloyatning Buyukchekmeje tumanidagi saylov natijalarini bekor qilish bo‘yicha so‘rov yuborildi.
“Buyukchekmeje yuzasidan bekor qilish arizasi topshirildi. Tumanda ro‘xatdan o‘tmagan saylovchilar ro‘yxatdan o‘tgan deb ko‘rsatilgan. Shu sababdan Buyukchekmejeda saylov natijalarini bekor qilish uchun so‘rov yuborildi. Bu so‘rov faqatgina tumanga taalluqli, butun Istanbul uchun emas”, degan Ali Ihson Yovuz.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada o‘tgan mahalliy saylovlarda uzoq yillardan beri yetakchilik qilib kelayotgan “Adolat va taraqqiyot” partiyasi mamlakatning yirik shaharlari – Anqara, Istanbul va Izmirda yengildi.
Ammo ATP ovozlarni hisoblashda xatolik bo‘lgan, deb Istanbul va Anqarada qayta hisoblash o‘tkazish talabi bilan chiqdi. Hozirgacha Istanbulda qayta hisoblash natijasida ATP foydasiga 12 mingdan ortiq ovoz qo‘shildi. Qayta sanash davom etyapti.
LiveBarchasi