Erdo‘g‘an Ozarbayjon bilan mudofaa sohasida hamkorlik shartnomasini ma’qulladi

Olam 1384
image
-

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ozarbayjon bilan mudofaa sanoatida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. 

Davlat rahbarining tegishli farmoni Turkiya Hukumatining rasmiy axborotnomasida e’lon qilingan.  

Shartnoma mudofaa tovarlarini ishlab chiqarish, yetkazib berish, xizmat ko‘rsatish va moddiy-texnik ta’minot sohasida hamkorlikni rivojlantirish kabilarni nazarda tutadi. 

Ma’lumot o‘rnida, ikki mamlakat Hukumatlari o‘rtasida mudofaa sanoati sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim 2017 yil 31 oktyabrda Bakuda Ozarbayjon va Turkiya Prezidentlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining 6-yig‘ilishidan so‘ng imzolangandi. 

Avvalroq, Erdo‘g‘an muqaddas Ramazon oyidan keyin (may oyida) Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahriga tashrif buyurish niyati borligini ma’lum qilgani haqida xabar bergandik.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning sentyabr oyida Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi Qorabog‘ urushi yana olovlandi. Bundan 30 yil avval Yerevan tomonidan ishg‘ol qilingan yerlar 2020 yilning noyabr oyiga kelib Armaniston nazorati ostiga o‘tdi. Xalqaro hamjamiyat, jumladan Minsk guruhi Turkiyani Ozarbayjonni qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda ayblagandi.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 29
Reyting: 3
t
×