Erdo‘g‘an Mirziyoyevni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qilib, uni 65 yoshni qarshilagani bilan muborakbod etdi. 

Turkiya yetakchisi Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta zafarlar, shuningdek, birodar O‘zbekiston xalqiga taraqqiyot va ravnaq tilagan.

U Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va izchil rivojlanishni ta’minlash borasidagi qat’iy sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlagan.

Suhbatda, shuningdek ikki tomonlama hamkorlik va global siyosatning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Oliy darajada erishilgan, shu jumladan o‘zaro savdo hajmini oshirish, energetika, qishloq xo‘jaligi, qurilish sohalarida, turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini jadallashtirish hamda gumanitar almashinuvni faollashtirish borasidagi kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashilgan. O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjonning tashqi ishlar, savdo va transport vazirlari darajasida ko‘p tomonlama maslahatlashuvlarni yo‘lga qo‘yish tashabbusining amaliy ahamiyati qayd etilgan. Joriy yil noyabr oyida Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining sammitini o‘tkazish masalalari muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

223

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing