Erdo‘g‘an Merkelga kuch, hashamat va boylikni anglatuvchi sovg‘alar berdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Germaniya kansleri Angela Merkelga esdalik uchun tarixiy qoplamali ko‘zgu va va eski dubulg‘a sovg‘a qildi. Bu voqea turk-nemis universiteti ochilish marosimidan so‘ng bo‘ldi, deb yozmoqda Sozcu gazetasi.

Nashrning ma’lum qilishicha, ko‘zgu qimmatbaho ashyolardan ishlangan, dubulg‘adan esa saroylarda foydalanilgan. 

“Merkelga taqdim etilgan sovg‘alar kuch, hashamat va boylik ma’nolarini anglatadi”, deb yozadi nashr.

Merkel Istanbulga ishchi tashrifi davomida Erdo‘g‘an bilan Liviya, Suriya, shuningdek, iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Angela Merkel

Baholaganlar

97

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing