Erdo‘g‘an xushxabarni e’lon qildi: Turkiya normal hayotga qaytmoqda
Olam
−
02 mart 2021
6252Turkiyaning koronavirus infeksiyasining tarqalish xavfi past va o‘rtacha bo‘lgan viloyatlarida hafta oxiridagi komendantlik soati bekor qilinadi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qilgan.
“Bugun biz normal hayotga qaytish uchun mo‘ljallangan jarayonni boshlaymiz. Xavf darajasi past va o‘rtacha bo‘lgan viloyatlarda dam olish kunlaridagi komendantlik soati butunlay bekor qilinadi, xavf yuqori va juda yuqori bo‘lgan viloyatlarda esa uydan chiqishni cheklash faqat yakshanba kuni amalda bo‘ladi”, degan Erdo‘g‘an.
Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi barcha viloyatlar koronavirus tarqalishi bo‘yicha to‘rt toifaga bo‘lingan, ya’ni, past, o‘rta, yuqori va juda yuqori xavfli. U xavfni qayta baholash har hafta o‘tkazilishini ta’kidlagan.
Erdo‘g‘an ko‘rsatgan xaritaga ko‘ra, Istanbul, Antaliya va Mug‘la kabi dam olish maskanlari xavfli hududga kiritilgan. Anqarada esa koronavirus tarqalish xavfi o‘rtacha.
2 mart holatiga ko‘ra, Turkiyada 2,7 million kishida koronavirus kasalligi qayd etilgan. 28,6 ming kishi vafot etgan.
LiveBarchasi