Erdo‘g‘an Qatarga bordi 

Olam

image

Kecha, 5 dekabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan Dohaga bordi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

“Hamad” xalqaro aeroportida Erdo‘g‘anni Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari va Mudofaa vaziri Xolid bin Muhammad al-Atiye, Turkiyaning Dohadagi elchisi Mehmet Mustafo Go‘ksu va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Turkiya yetakchisining Qatarga safarida uning rafiqasi – Birinchi xonim Emina Erdo‘g‘an, Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan, Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayroqdor, Moliya va g‘aznachilik vaziri Mehmet Shimshek, Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler, Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fotih Kajir, Prezident ma’muriyati Aloqa bo‘limi rahbari Faxriddin Altun, Milliy razvedka boshqarmasi rahbari Ibrohim Kalin, Mudofaa sanoati vaziri Haluk Gerg‘un, Prezidentning bosh maslahatchisi Akif Chag‘atay Qilich, hukumat va parlament a’zolari hamrohlik qilgan. 

Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Prezident Erdo‘g‘anni Lusail saroyida rasmiy marosim bilan kutib oldi. Prezident Erdo‘g‘an va Amir Ol Soniy marosim zalida o‘z o‘rinlarini egallashi ortidan ikki davlatning milliy madhiyalari yangradi.

Shuningdek, davlat rahbarlari o‘rtasida uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Isroilning G‘azodagi so‘nggi qirg‘ini, o‘t ochishni to‘xtatish va doimiy tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlar, G‘azoga gumanitar yordam yetkazish uchun qilingan va qilinadigan qadamlar muhokama qilindi.

Erdo‘g‘an Isroilning sodir etgan urush jinoyatlari uchun javobgar bo‘lishi kerakligini, xalqaro yordam bilan bir qatorda qonuniy harakatlarni ham ta’minlash muhimligini bildirdi. U Turkiyaning G‘azoga yetarli darajada insonparvarlik yordami yetkazilishini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari o‘sishda davom etayotganini aytdi.

Lusail saroyidagi yuzma-yuz uchrashuvdan so‘ng Prezident Erdo‘g‘an va Qatar Amiri Shayx Ol Soniy raisligida Turkiya-Qatar Oliy strategik qo‘mitasining 9-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan so‘ng Erdo‘g‘an va Ol Soniy ishtirokida ikki davlat o‘rtasida kelishuv imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 12 ta hujjat imzolandi.

Muzokaralar yakunlangach, Erdo‘g‘an sharafiga tantanali ziyofat uyushtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Qatarga borganida samolyot trapida yarim soat kutishga majbur bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Qatar Tamim bin Hamad Ol Soniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing