Erdo‘g‘an Istanbuldagi Rossiya-Ukraina uchrashuvi ajoyib o‘tganini aytdi

Olam

image
Rossiya va Ukraina Istanbulda nimalarga kelishib oldi? north_east

Rossiya va Ukraina Istanbulda nimalarga kelishib oldi?

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining bugun, 2 iyun kuni Istanbuldagi Chiragan saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan mamnun bo‘lib, uni “ajoyib” deb atadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan keyingi bayonotida so‘z ochdi.

U uchrashuvdan so‘ng mahbuslar va o‘lganlarning jasadlarini almashish bo‘yicha kelishuvni olqishlab, bu raqamlarni “juda yuqori” deb atagan.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, u “Putin va Zelenskiyning Istanbul yoki Anqarada uchrashishini” juda xohlaydi. Unda AQSH Prezidenti Donald Tramp ham ishtirok etishi mumkin.

“Mening eng katta istagim Putin va Zelenskiyni Istanbul yoki Anqarada bir joyga to‘plash. Aslida janob Tramp rozi bo‘lsa, bu uchrashuvda ishtirok etishi mumkin. Shu yo‘l bilan Istanbulni tinchlik markaziga aylantirmoqchimiz”, deya xulosa qilgan Turkiya rahbari.

Erdo‘g‘an, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi yaqinda sodir bo‘lgan mahbus almashinuviga to‘xtalar ekan, 1000 dan ortiq odam o‘zaro ozod qilingani va halok bo‘lgan askarlarning jasadlari qaytarilganini ma’lum qildi. Turkiyaning bu jarayonda ko‘maklashuvchi rolini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, tinchlik va diplomatiya uchun sa’y-harakatlarini davom ettirishlarini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Putin Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing