Erdo‘g‘an insoniyatni yangi davr kutayotganini aytdi
Olam
−
19 mart 2020
12418Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an dunyo tub o‘zgarishlar arafasida turganini va yaqin orada xalqlar uchun yangi davr boshlanishini ma’lum qildi.
Uning fikricha, ilgari G‘arb davlatlari aholi hayotiga ahamiyat bermagan. Shu bois ayni vaqtda koronavirus bilan kasallanganlar va qurbonlar taqdirning hukmiga qoldirildi.
“G‘arb mamlakatlari “kim uddalay olsa, o‘sha omon qolsin” tamoyiliga amal qiladi”, deya ta’kidlagan Rajab Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an koronavirus dunyo tuzilishiga ta’sir qilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. Sayyorada global iqtisodiy, ham siyosiy va ijtimoiy tuzilishda o‘zgarishlar kutilayotganini aytgan turklar rahbari.
“Biz yangi davrda tub o‘zgarishlarni amalga oshiramiz”, deya xulosa qilgan u.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusga Turkiyada 191 kishi kasallangan. Dunyo bo‘yicha ular soni esa 220 000 nafarga yaqinlashdi.
LiveBarchasi