Erdo‘g‘an Demiral 2 ta o‘yindan chetlatilganiga g‘azablandi
Sport
−
06 iyul
9499Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an UEFA'ning Turkiya terma jamoasi himoyachisi Merih Demiralni Avstriya bilan 1/8 final o‘yinida urilgan goldan so‘ng millatchilik harakati uchun Yevro-2024 doirasidagi ikkita o‘yinga diskvalifikatsiya qilganidan noroziligini bildirdi. Bu haqda “Sabah” xabar berdi.
“Kimdir nemislarning futbolkalarida burgut borligini aytdimi? Kim fransuzlarning libosida xo‘roz tasviri bor dedi. Bu borada Tashqi ishlar vazirligimiz o‘z mutasaddilarini chaqirib, tegishli choralar ko‘radi. Umid qilamanki, hammasi 6 iyul kuni Niderlandiya bilan chorak final o‘yinigacha ijobiy hal bo‘ladi. Biz maydonni g‘alaba bilan tark etamiz va keyingi bosqichga chiqamiz”, deydi Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an Turkiyaning Niderlandiya bilan o‘yinini bevosita Berlinda ko‘rishga qaror qilgan.
“Agar biror nojo‘ya holat bo‘lmasa, men o‘yinni borib ko‘rishga qaror qilganman”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tashqi ishlar vazirligi UEFA'ning Demiral borasidagi qarorini noxolis hisoblagani xabar qilingandi.
LiveBarchasi