Erdo‘g‘an davlat to‘ntarishi haqidagi xabarlardan so‘ng favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi

Olam

image

Turkiya milliy partiyasi rahbari Devlet Baxcheli mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinish ehtimoli haqida ogohlantirgach, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an razvedka va Adliya vazirligi rahbarlari bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda “Sabah” xabar berdi.

Bir kun avval Anqara Bosh prokuraturasi poytaxt departamentining uch nafar politsiyachiga nisbatan “Ayhan Bora Kaplan” jinoiy tashkilotiga aloqadorligi yuzasidan tergov boshladi. Ularning uylari tintuv qilindi.

Erdo‘g‘anning ittifoqchisi Baxchelining aytishicha, bu fitna bo‘lishi mumkin, bir necha politsiyachining ishdan olinishi esa hech narsani hal qilmaydi. Baxcheli mamlakatda to‘ntaruv tashabbusining takrorlanishi ehtimoli haqida ogohlantirdi.

Ma’lumot uchun, 2016 yilda Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lib, bir necha soat ichida bostirilgan. Mamlakat bo‘ylab to‘qnashuvlar oqibatida 241 kishi halok bo‘lgan, 2 mingdan ortiq kishi tan jarohati olgan. Turkiyada davlat to‘ntarishini tashkillashtirish va unga aloqadorlikda gumonlanib 40 mingdan ortiq odam hibsga olingan. Mamlakatda bir necha oy davomida favqulodda holat joriy etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an davlat to'ntarishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing