Erdo‘g‘an Braziliyadagi zo‘ravonlikni qoraladi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Tayib Erdo‘g‘an kecha, 9 yanvar kuni Anqara Braziliyada qonuniy yo‘l bilan saylangan Prezident Luis Inasiu Lula da Silvaga nisbatan zo‘ravonlik harakatlarini qoralashini va bu mamlakat hukumati va xalqi bilan birdamligini bildirdi. 

“Biz Braziliyaning qonuniy ravishda saylangan Prezidentiga nisbatan zo‘ravonlik harakatlarini qoralaymiz. Biz, shuningdek, demokratik davlatda milliy parlament,  Prezident saroyi va konstitutsiyaviy sudga hujum qilishga o‘rin yo‘q, deb hisoblaymiz. Braziliya hukumati va xalqi bilan birdamligimizni bildiramiz”, deydi Erdo‘g‘an hukumat yig‘ilishidan keyin xalqqa murojaatida. 

8 yanvar kuni Braziliyaning sobiq rahbari Jair Bolsonaru tarafdorlari politsiya bilan to‘qnashib, Milliy Kongress (parlament), Prezident saroyi va Federal Oliy sudga bostirib kirdi. Oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijalarini tan olmagan namoyishchilarga ishlamaydigan kunlarda bo‘sh turgan ma’muriy binolarning bir nechta qo‘riqchilari bas kela olmadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tartibsizliklarda 5 mingga yaqin odam qatnashgan. 

Sotsialist Lula da Silva 1 yanvar kuni saylovning ikkinchi bosqichida Bolsonaruni mag‘lub etib, Braziliya prezidenti lavozimiga kirishdi. Ularning orasidagi tafovut taxminan 2 million ovozni tashkil etdi. Konservator mag‘lubiyatni tan olmadi va uning tarafdorlari Lula da Silvaning lavozimga kirishmasligini talab qilib, ommaviy ravishda ko‘chalarga va qurolli kuchlar garnizonlariga chiqdi. 2022 yil dekabr oyi oxirida Bolsonaru AQSHga jo‘nab ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing