Erdo‘g‘an birinchi Ramazon iftorini falokat zonasida o‘tkazadi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an falokat zonasi aholisi bilan musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyining birinchi iftorlik ziyofatini o‘tkazadi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkiya rahbari ertaga, 23 mart kuni joriy yilning fevral oyida sodir bo‘lgan ikki dahshatli zilzila epimarkazi joylashgan janubi-sharqiy Qahramonmarash viloyatiga boradi. Davlat rahbari tashrif doirasida viloyat ma’muriy markazidagi restavratsiya ishlari bilan ham tanishadi.

Manbaga ko‘ra, Erdo‘g‘an Ramazon oyida tabiiy ofat zonasi aholisi bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali ikkita vayronkor zilzila sodir bo‘ldi. Yer qimirlashlari va minglab yerosti silkinishlari respublikaning 11 viloyati va qo‘shni mamlakatlarda sezilgan bo‘lib, ulardan Suriya eng ko‘p jabr ko‘rgan. Turkiyada qurbonlar soni 48 mingdan oshdi. Turkiyaga yetkazilgan tabiiy ofatdan jami zarar, BMT prognozlariga ko‘ra, 100 milliard dollardan oshishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Ramazon Erdo'g'an iftor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing